Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 354
  • Ko`rib chiqilganlar 319
    • Takliflar 50
    • Arizalar 267
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FarDUDA QABUL – 2025 JARAYONLARI BOSHLANDI!

16:02, 12.06.2025      

Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi81-son qarori ijrosini ta'minlash hamda Farg’ona davlat universitetida “Qabul – 2025” jarayonlarini tizimli tashkillash masalasi yuzasidan rektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Bakalavriat yo‘nalishlari bo’yicha 5 iyundan 25 iyunga qadar davom etuvchi “Qabul – 2025” jarayonlarini yuqori saviada o’tkazishga qaratilgan ushbu yig’ilishda oliygoh rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va mas'ullar ishtirok etdilar.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqib, bir qator qarorlar qabul qilindi.Xususan, yig’ilish avvalida, yoshlarni oliy ta’limga qabrab olish bo’yicha qabul jarayonlarini nazoratga olish maxsus komissiyasi tarkibi shakllantirildi va tasdiqlandi.

Shuningdek, konsultatsiya va call markazlari faoliyati, hujjatlarni rasmiylashtirish, murojaatlarga o'rinli va asosli javob berish, muomala madaniyati, kasbiy va ijodiy imtihonlar o'tkazish bo'yicha mas'ullar ro'yxatini taqdim etish, imtihon o'tkaziladigan hududlar, auditoriyalar holatini nazorat qilish kabi muhim masalalar yig’ilish ishtirokchilari diqqat markazida bo’ldi.