“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida "Biznes marafon" motivatsion trening bo‘lib o‘tdi.
Treningda “Hamkor bank” ATB Farg‘ona viloyati boshqaruvchisi Axrorjon Mo‘ydinov ishtirok etdi. Yoshlar bilan samimiy va do'stona muloqot olib borar ekan, yoshlarga bilim olishlarida qimmatli ma'lumotlarni yetkazdi.
Uchrashuv ko'tarinki ruhda davom etdi va talabalarning soha doirasidagi turli savollariga batafsil javoblar berildi. 121 nafar talabalar ishtirok etdi.
Shuningdek, mazkur trening Filologiya fakultetida bitiruvchilari o’rtasida ham tashkil etildi.
Unda fakultetning Rus filologiyasi va rus tili metodikasi kafedralari bitiruvchilari bilan FarDU talaba amaliyoti bo‘limi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Davra suhbati davomida talaba amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassislari M.Jo‘rayeva va Z.Astanakulovalar “Biznes marafoni” e’lon qilinganligi ma’lum qilib, talabalarni ishga joylashtirish, talabalarni o’z bizneslarini yo’lga qo’yish bu borada imtiyozli kreditlardan foydalanish kabi masalalar yuzasidan kerakli tavsiyalarni berdilar.