Universitetda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar Vazirligi tashabbusi bilan talaba-yoshlar orasida sog'lom hayotni targ'ibqilish maqsadida tashkil qilingan "Talaba-уugur" sport musobaqasining bahorgi mavsum g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimini ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadovtengdoshlariga namuna bo'layotgan faol talabalarni samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda zafarlar tiladi. Shuningdek, universitet rahbari yurtimizdaulkan islohotlar davri kechayotgani, ta'limga va sportga katta imkoniyatlar berilganini ta'kidlab, ommaviy sportni nafaqat yoshlar, aholining barcha qatlamlari orasida keng yoyilishi millatning sog'lom hayot kechirishi uchun asosiy omil ekani haqida alohida to'xtalib o'tdi.
"Talaba-уugur" sport musobaqasi bahorgi mavsum g'oliblari universitet tomonidan besh yuz ming so'mdan bir yarim million so'm miqdorigacha pul mukofotlari bilan taqdirlandi.