Farg’ona davlat universiteti Akademik litseyida “Yangi O’zbekiston yoshlari, bilib qo’yki, seni Vatan kutadi!” den nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Farg’ona davlat universiteti rahbariyati, Akademik litsey jamoasi,hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Aytib o’tish joizki, joriy yil yakuniga ko’ra akademik litseyni Aniq fanlar, Tabiiy fanlar, Xorijiy tillar, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi yo’nalishlarda jami 215 nafar o’quvchi o’qishni muvoffaqiyatli tamomlab, oliy ta’lim tomon qadam tashlamoqda.
Mazkur tadbirda so’zga chiqqan tadbir ishtirokchilari hamda mehmonlar tomonidan yoshlarga kelgusida Vatan uchun munosib, yetuk kadrlar bo’lib yetishishlariga ishonch bildirildiva o’qish davomida tengdoshlariga na’muna bo’lgan o’quvchilar taqdirlandilar.
Jumladan, 38 nafar bitiruvchi akademik litseyning imtiyozli diplomga, 17 nafari oltin medal, 4 nafari kumush medal hamda 7 nafar bitiruvchilar "Rektor stipendiyasi"ga munosib ko’rildilar.
Shuningdek, Akademik litsey direktori H.Sharipov tomonidanbitiruvchilarning 70 nafardan ortig’i muddatdan avval nufuzli xorijiy hamda yurtimiz oliygohlariga grant asosida qabul qilinganligi hamda jami bitiruvchilarning 85% dan ortig’i xorijiy va milliy sertifikatlarni qo’lga kiritganliklarini e’tirof etdi.
Hayajonli lahzalarga boy tarzda o’tgan ushbu tadbirda bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari so’zga chiqib, ta’lim olgan dargohlariga va ustozlariga cheksiz minnatdorliklarini izhor qildilar.