Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

REKTOR VA MAGISTRLAR UCHRASHUVI

09:39, 24.06.2025      

Farg’ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Magistratura bo'limida ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashib, samimiy suhbat olib bordi.

UchrashuvdaMuhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar masalasi- davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani, ayniqsa, qizlar ta'limiga e'tiborning kuchaygani, imkoniyatlar kundan - kunga ortib borayotgani e'tirof etildi.

Ayol kishi ziyoli bo'lsa, ilmli bo'lsa, uning farzandlari olim bo'ladi, lider bo'ladi, buyuk onalar buyuk farzandlarni dunyoga keltiradi. Yigitlarimiz esa, mamlakat qudrati, Vatan ravnaqi yo'lida har sohada peshqadam bo'lishlari lozim. Shunday ekan, bugungi imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish, o'zingizni rivojlantirish, bilimlaringizni mustahkamlash bilan barobar zamonaviy bilimlarni o'rganish va davlatimiz, jamiyatimiz ravnaqiga munosib hissa qoshishingiz eng oliy burchdir! - deya ta'kidladi universitet rektori.

Ilm olishda tarbiyaning o'rni, yoshlar muammolari bilan ishlashda ma'rifatning kuchi, globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan davrda o'z kasbida yetuk bo'lishning ahamiyati haqida zarur ma'lumotlar va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirda "Dolzarb 90 kunlik"doirasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar, yoshlar bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini unumli o'tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ijobiy fikrlar bildirildi. Magistrantlar tomonidan bir qancha yangi, istiqbolli loyihalar oliygoh rahbariga taqdim qilindi va ijobiy baholandi.