Universitet rektorining 2025-yil 7-fevraldagi fakultetlardagi ta'lim-tarbiya jarayonini kompleks o'rganish to'g'risidagi 43-sonli buyrug'iga asosan, fakultetlar faoliyatini o'rganish davom etmoqda. Bugun navbatdagi Sirtqi ta'lim bo'limida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibidan o'quv jarayonini tashkillanishi, talabalar davomatini nazorat qilish, ilmiy salohiyat, Hemis dasturiga doir muammolar, amaliy va seminar dars mashg'ulotlarini sifatli tashkil etish, kafedralar o'quv- uslubiy faoliyati, proffesor - o'qituvchilar tomonidan o'quv adabiyotlarning yaratilishi kabi qator masalalar o'rin oldi.
Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 mayda “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilishi, qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmasligi, uning o'rnigakunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib borilishiga doir ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalar orasida o'tkazilgan anonim so'rovnoma natijalari o'rganilib, tahlil qilindi.
Yig'ilish yakunida ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator chora - tadbirlar belgilandi. Belgilangan topshiriqlarning o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilish soha prorektorlari zimmasiga yuklatildi.