Farg’ona davlat universitetida rektor Bahodirjon Shermuhammadovningtayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar bilan uchrashuvibo'lib o'tdi.
Uchrashuvda olimlik maqomining mas'uliyati va unga erishish yoʼlida mashaqqatli mehnat faoliyati, ilmiy-tadqiqotni toʼgʼri tashkil etish kabi masalalarda tadqiqotchilarga zarur tavsiyalar berdi.
Ilm bu tahlil, ilm bu tizimli mehnat, bu igna bilan quduq qazishdir, ilm dunyosiga kirgan, bilishning, o'rganishning zavqini his qilgan olim ilmga bog'lanib boraveradi, eng yaxshi kashfiyotlar shunda ro'yobga chiqadi. Ilm qilgan inson avvalo, o'ziga yaxshilik qiladi, qolaversa, yurtiga, jamiyatiga foyda keltiradi. Ammo mas'uliyatsizlik, dangasalik ziyoli insonga xos xislat emas, zero, ilmda kech qolish kechirilmas xatodir, olim bo'ladigan odamning xulq - atvori olimlikka xos bo'lishi lozim, - deya ta'kidladi universitet rektori.
Uchrashuvda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning doktorantura institutiga oid muhim masalalari qamrab olindi.
Ta’kidlash joizki, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm- fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi Farmoni hamda vazirlikning tegishli hujjatlari asosida yoʼlga qoʼyilgan.
Bu tizimida olib borilayotgan islohotlarning samarasi universitetimizda ilmiy salohiyatning sezilarli ravishda yuqorilab borayotganida ham ko'rinmoqda. Natijalarni oliy taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan 70% ga koʼtarish - bevosita yosh tadqiqotchilar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.
Shuningdek, birdamlik, hamjihatlikning foydalari, xalq manfaatining ustunligi, Vatanga daxldorlik hissini tarbiyalash, ogohlik, uyg'oqlik, atrofdagi voqea - hodisalarga befarq bo'lmaslik, shukronalik kabi muhim insoniy fazilatlar eslatib o'tildi.