Farg’ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov universitetdagi faol va iqtidorli yoshlar hamda guruh sardorlari bilan uchrashib, samimiy suhbat olib bordi.
Suhbat davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamalakatimizda olib borilayotngan ulkan islohotlar, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga qaratilayotgan katta e'tibor, iqtidor va qobiliyatlarni qo''lab - quvvatlash dasturlari, yoshlar faoliyatini faollashtirish, til markazlariga, sport majmualariga yo'naltirish, birgalikda o'sish va yuksalish borasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
"Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida universitetimizda kechayotgan qizg'in jarayonlar, fan to'garaklari, kompyuter va axborot resurs markazlari, sport o'yinlari, zakovat va kitobxonlik tanlovlari kabi ko'plab imkoniyatlar e'tirof etildi.
Shuningdek, talabalarni o'z mutaxassisligidan kelib chiqqan holda turli korxona - tashkilotlarga biriktirish, bo'sh vaqtini unumli o'tkazishga doir loyihalar, takliflar o'rganildi.
Aziz farzandlarim! Hozirgi shiddatli zamondaommaviy axborot vositalari orqali dunyoda bo'layotgan har bir vaziyatdan xabardor bo'lish imkoniyatiga egamiz. Avvalo, inson qadri ulug' bo'lgan bugungi yorug' kunimizga, musaffo osmonu, tinch zaminga shukrona qilaylik, Prezidentimizning siz yoshlar uchun yaratib berayotgan mislsiz imkoniyatlaridan o'z vaqtida samarali foydalanib, elu yurt koriga yaraydigan, mamlakatni ko'taradigan, rivojlantiradigan Vatanparvar, jasoratli inson bo'lishingiz, birlashib Yangi O'zbekistonni bunyod etishingiz zarurdir. Zero yurtboshimiz aytganidek, "Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" - deya ta'kidladi universitet rektori.
Talaba - yoshlar yil davomida turli sohalarda erishgan yutuqlari, olib borgan faoliyatlari haqida ma'lumotlar berib o'tdilar.