Farg'ona davlat universitetida oliygoh Kengashining XI sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi. Ilmiy kengash tantanali taqdirlashlar bilan boshlandi!
Dastavval, Qirg'iziston - O'zbekiston talabalar spartakiadasida sportning Stritbol (qizlar)va Belbog'li kurash turi bo'yicha bo'lib o'tgan musobaqada faxrli 1- o'rinni qo'lga kiritib, oltin medal sohibi bo'lgan talabalar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar!
Shuningdek, yoshlar orasida sportni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov O'zbekiston sport Vazirligi va O'zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining oltin medali bilan taqdirlandi!
27 iyun - "Matbuot xodimlari kuni" munosabati bilan Sport telekanali viloyat muxbiri, O'zbekiston 24 telekanali viloyat agenti - Bekzodjon Jo'raboyev hamda operatorlar taqdirlandilar!
Shuningdek, an'anaga muvofiq, ilmiy daraja va unvonlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilar taqdirlandilar.
Yig'ilishning rasmiy qismida:
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo'yicha bajarilayotgan ishlar muhokamasi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibidan yoʼriqnoma hujjatlar ijrosi, o'quv yili yakunlari tahlili, joriy yilda amalga oshirilgan ilmiy, xalqaro faoliyat, xorijiy aloqalar, dolzarb 90 kunlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, zarur tashkiliy masalalar hamda tayinlovlar o'rin oldi.