Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XABARLAR

11:59, 28.06.2025      

Jahonda sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlar va jamiyatlararo munosabatlar birligida atrof-muhit bilan bog‘liq ekologik muammolar dolzarblashib, ularni hal qilishning kardinal yo‘llarini izlab topish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat va inson munosabatlari tizimini yangicha innovatsion yondashuvlar asosida o‘rganish, tadqiq qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lgan shaxs mas’uliyatini shakllantirish mexanizimlarini takomillashtirish zarurati yuzaga chiqmoqda.

Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.04.2021.F.76.06 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishida Tabiat va inson munosabatlari tizimida ekologik mas’uliyatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishga qaratilgan ilmiy ish himoyasi chuqur muhokama qilindi.

Mazkur majlisda Farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta’lim bo’limi, O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abduraxmonov Alimardon Abdusalomovich o’zining "TABIAT VA INSON MUNOSABATLARI TIZIMIDA EKOLOGIK MAS’ULIYATNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI" mavzusidagi 09.00.04 -Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Abduraxmonov Alimardon Abdusalomovichga falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish to’g’risida qaror qabul qilindi.