Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XUSHXABAR!

14:42, 28.06.2025      

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridaginufuzli ilmiy daraja beruvchi PhD.27.09.2024.San.54.01. raqamli Ilmiy kengash majlisi bo’lib o’tdi.

Mazkur majlisda Farg’ona davlat universitet Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, Musiqiy ta‘lim va madaniyat kafedrasi dotsenti, Namozova Dilorom Tursunovnaning 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.

Namozova Dilorom Tursunovnaning «Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy ishiilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ovoz berish natijalariga ko’ra, Ilmiy kengash a’zolarining 100% ovoz bilan Namozova Dilorom Tursunovnaga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.