Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi nufuzli ilmiy darajalar beruvchiDSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamliIlmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.
Mazkur majlisda Farg’ona davlat universitet mustaqil tadqiqotchisi Yusupova Muntozaxon Baxtiyor qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.
Dissertantning “Evfemizatsiyalashgan maqol va matallar tadqiqi (ingliz hamda o‘zbek tillari asosida)” mavzusidagi ilmiy ishi yuqori ilmiy saviyada, konstruktiv ruhda o‘tdi.
Ilmiy himoya yakuniga ko’ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovoz bilan Yusupova Muntozaxon Baxtiyor qiziga filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to’g’risida qaror qabul qilindi