Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

10:43, 01.07.2025      

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Hurmatli 3-bosqich talabasi! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!

Tanlovda ishtirok eting va “Data Science Junior” kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!

Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

O‘qish davri uchun:

issiq ovqat;

rag‘bat puli (oyiga – 1 500 000 so‘m) beriladi.

Moddiy texnik ta’minot:

noutbuk;

internet ;

darsliklar;

amaliyotchi mutaxassislar darslari.

Kursda:

“Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 10-avgust soat 23:59 gacha

Ariza topshirish: faqat onlayn!

dscience.uz saytiga tashrif buyuring!

Hujjatlar (pdf formatda):

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

Transkript (GPA);

Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis);

Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin):

Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa);

Portfolio.

Tanlov bosqichlari:

Hujjatlarni baholash (online – taqdim etilgan hujjat asosida);

IQ test (xorijiy vendor yordamida – online);

Informatika va matematika bo‘yicha imtihon (offline);

Suhbat va taqdimot (offline).