Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Farg‘ona Davlat Universiteti – Germaniyada: Hamkorlikning yangi bosqichiga qadam!

12:44, 04.07.2025      

Germaniyada xizmat safari bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati delegatsiyasi tarkibida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari vakillari ham ishtirok etmoqda. Delegatsiya a’zolari tomonidan qator xalqaro uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, istiqbolli kelishuvlarga erishilmoqda.

Xususan, Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Germaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Konstanz universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishida bir nechta muhim kelishuvlarga erishildi.

Yosh olimlarga — Germaniyada ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyati

Eng e’tiborga molik natijalardan biri — Farg‘ona davlat universitetining doktorantlari uchun Konstanz universiteti tomonidan yiliga ikki marta bir oylik grant stipendiyasi (har oyiga 1500 yevro miqdorida) ajratilishi haqida kelishuvga erishilganidir. Bu stipendiya doirasida yosh tadqiqotchilar ikki oy davomida Germaniyada tahsil olib, o‘z ilmiy izlanishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Xalqaro konferensiya — Farg‘onada

Uchrashuv davomida 2025-yil sentyabr oyida Farg‘ona davlat universitetida turizm sohasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Bu tadbir mintaqaviy va xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘tib, Farg‘onani turizm ilmiy markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Talabalar uchun 3 kunlik Germaniyada o‘quv lagerlari

Yana bir muhim yangilik — Farg‘ona davlat universiteti talabalari uchun Konstanz universitetida turizm yo‘nalishida 3 kunlik o‘quv oromgohlari tashkil etilishi rejalashtirilganidir. Bu tashabbus talabalarga Yevropa ta’lim tizimi va turizm infratuzilmasi bilan tanishish, tajriba almashish imkoniyatini yaratadi.

Kelajak sari dadil qadamlar

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning Germaniyadagi Konstanz instituti bilan olib borgan samarali muzokaralari natijasida imzolangan bu kelishuvlar nafaqat universitetning xalqaro nufuzini oshirishga, balki talabalar va yosh olimlar uchun yangi ufqlarni ochishga xizmat qiladi.