Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

FARG’ONA DELEGATSIYASI GERMANIYADA: YANGI DASTURLAR VA KATTA LOYIHALAR!

14:12, 04.07.2025      

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy tashrifi davomida oliy ta’lim sohasida muhim xalqaro hamkorlik kelishuvlariga erishilmoqda. Delegatsiya tarkibida bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Germaniyaning bir qator yetakchi universitet va tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazib, istiqbolli loyihalarni boshlab berdilar.

Farg‘ona davlat universiteti – Germaniyada innovatsion hamkorlik sari

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning Berlin shahridagi xizmat safari doirasida “Niederrhein Amaliy Fanlar Universiteti” rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuv muhim natijalarga boy bo‘ldi. Tomonlar:

-Farg‘ona davlat universitetida yangi ta’lim yo‘nalishini ochish;

- Qo‘shma ta’lim va talaba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

-Hamkorlikda zamonaviy laboratoriya tashkil etish;

- To‘qimachilik sohasi bo‘yicha tolani qayta ishlashdan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni innovatsion texnologiyalar asosida o‘rganish borasida kelishuvlarga erishdilar.

Texnika va Iqtisodiyot universiteti bilan strategik sheriklik

Tashrifning ikkinchi qismi Sharqiy Yevropadagi eng yirik universitetlardan biri – Berlin Texnika va Iqtisodiyot universiteti bilan uchrashuvlarga bag‘ishlandi. Bu yerda Erasmus+ dasturlari doirasida qo‘shma loyihalar, grantlar, doimiy akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturi yaratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Farg‘ona viloyati oliy ta’lim muassasalari xalqaro maydonda

Tashrif doirasida Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda “Central Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universiteti tomonidan ham Germaniya tashkilotlari bilan hamkorlik bitimlari imzolandi.

Ayniqsa, “Central Asian Medical University” Germaniyaning “MetCare24 GmbH” kompaniyasi va “Germany Medical Institute” bilan qiymati 5 million yevro bo‘lgan strategik shartnomani imzoladi. Ushbu hamkorlik:

Tibbiyot sohasida tajriba almashish,

Shifokor va tibbiyot xodimlarini Germaniyada o‘qitish,

Bemorlarni ijtimoiy dasturlar asosida Germaniyada davolash,

Klinik tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Kelajak sari dadil qadam

Ushbu tashrif davomida erishilgan kelishuvlar nafaqat Farg‘ona viloyatining, balki butun O‘zbekistonning ilmiy va ta’lim salohiyatini Yevropa miqyosiga olib chiqishga xizmat qiladi. Ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy tibbiyot sohalarida Germaniya bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari viloyat yoshlari va mutaxassislari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.