Yozning qizg‘in kunlari nafaqat tabiatda, balki Farg‘ona davlat universiteti hayotida ham o‘ziga xos harorat bilan kechmoqda. 2025–2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari jarayonida, ayniqsa, kasbiy (ijodiy) imtihonlar bosqichi abituriyentlar va ularning orzu-umidlariga boy muhim palla bo‘lib turibdi.
Farg‘ona davlat universiteti – yurtimizdagi eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim maskanlaridan biri. 1930-yilda asos solingan bu dargoh bugun 15 dan ortiq fakultet, 50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishi va 30 dan ziyod magistratura mutaxassisliklari orqali zamonaviy, bilimli va ilg‘or fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab kelmoqda.
Hozirda universitetda jismoniy madaniyat, futbol, voleybol, chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va musiqa ta’limi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlangan. Sport maydonlarida kuch, harakat va irodaning, musiqa xonalarida esa mahorat, did va nafislikning haqiqiy sinovi bo‘lib o‘tmoqda. Har bir abituriyent o‘z orzular sari bir qadam yaqinlashish yo‘lida bor imkoniyatini ishga solmoqda.
Eng quvonarlisi, imtihon jarayonlari adolat, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga to‘liq amal qilingan holda tashkil etilmoqda. Maxsus tuzilgan komissiyalar, tajribali mutaxassis-o‘qituvchilar va mustaqil kuzatuvchilar ishtirokida har bir ishtirokchining salohiyati xolisona baholanmoqda. Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan abituriyentlarning ota-onalari uchun maxsus kutish hamda imtixonlarni kuzatib borishlari uchun yetarli barcha texnik va tashkiliy sharoitlar mavjud xonalar tayyorlangan.
Bu sinovlar — oddiy imtihon emas. Bu — ha
r bir abituriyent uchun o‘z hayot yo‘lini tanlash, orzulariga sodiq qolgan holda, o‘zining kimligini isbotlash imkonidir. Farg‘ona davlat universiteti esa bu jarayonda har bir yoshga ishonch, mehr va imkoniyat yaratib, ularni yorqin kelajak sari yo‘llayotgan haqiqiy ilm maskanidir.