Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

“DOLZARB 90 KUN”: SPORT VA YOSHLAR

11:39, 10.07.2025      

Farg‘ona davlat universiteti tomonidan yoshlarga qaratilgan tizimli va maqsadli tashabbuslar doirasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi faol davom ettirilmoqda. Xususan, Sport faoliyati va Jismoniy madaniyat fakultetlari tashabbusi bilan Farg‘ona shahri va atrofidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator sport to‘garaklari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur to‘garak mashg‘ulotlari:

Beruniy, Muruvvat, Qirg‘uli, Hamkorlik, Kimyogar, Tabassum MFYlarda – Taekwondo va badiiy gimnastika turlari bo‘yicha;

O‘rmonchilar, Parvoz, Afrosiyob, Oqariq, Sohibkor, Nafosat MFYlarda – kurash sport turi bo‘yicha olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar tajribali murabbiylar, universitet talaba-volontyorlari va mutaxassis sportchilar ishtirokida tashkil etilmoqda. Ular nafaqat sport ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik, intizom va maqsad sari intilish ruhini yoshlar qalbiga singdirmoqda.

“Dolzarb 90 kun” loyihasining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati yoshlar o‘rtasida salbiy illatlarga qarshi kurashish, bo‘sh vaqtni ijobiy yo‘nalishga burish, shuningdek, sport orqali ijtimoiy faollik va salomatlikni mustahkamlashni ko‘zda tutadi. Mahallalarda tashkil etilgan sport to‘garaklari – yoshlarni birlashtiruvchi, ularni sog‘lom hayot sari yetaklovchi muhim ijtimoiy maydonga aylanmoqda.

Mazkur tashabbus orqali:

100 dan ortiq yoshlar muntazam sport bilan shug‘ullanmoqda,

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va ijtimoiy faollik kuchaymoqda,

Mahalla hamjamiyatida sportga bo‘lgan qiziqish oshmoqda.

Kelgusida ushbu loyihani yana ko‘proq MFYlarga yoyish, yangi sport yo‘nalishlarini joriy etish hamda yoshlar orasida iqtidorli sportchilarni saralab olish rejalashtirilgan.