Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

BIZNING TALABA XALQARO TANLOV G’OLIBI

14:59, 12.07.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi, FarDU talabalar media guruhi faoli Ahmedova Madinabonu Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zLiDePning Yoshlar ovozi” loyihasi doirasidagi “Behbudiy izdoshlari” xalqaro ilmiy tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur tanlov yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni jadidchilik harakati tarixini chuqur o‘rganishga undash hamda Mahmudxo‘ja Behbudiyning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan.

Ahmedova Madinabonu o‘zining tanlovdagi faol ishtiroki bilan e’tirof etilib, “Behbudiy Izdoshlari” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu yutuq yoshlar orasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini, shuningdek, universitet talabalari salohiyatining yuqoriligini yana bir bor tasdiqlaydi.