Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 351
  • Ko`rib chiqilganlar 317
    • Takliflar 50
    • Arizalar 264
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YOZGI TA’TIL: KASBIY O’SISH SARI QADAMLAR

15:40, 12.07.2025      

Farg‘ona davlat universitetida yozgi ta’til davrida talabalarni bo‘sh vaqtlarida mazmunli faoliyatlarga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va amaliy tajriba bilan boyitishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu jarayon “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tizimli asosda tashkil etilgan.

Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 1-bosqich talabalari Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan Farg‘ona viloyati kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi – KOICAga tashrif buyurib, markazdagi zamonaviy kasb-hunar yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida talabalar IT, texnologiya, tikuvchilik, elektr montaj va boshqa sohalarda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb va ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yo‘naltirishdan iboratdir.

Shu maqsadda Tarix fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan “Mindon metall” qo‘shma korxonasiga tashrif uyushtirildi. Bu yerda talabalar ishlab chiqarish jarayoni, texnologik uskunalar va korxona faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishib, mehnat faoliyatining real sharoitlarini ko‘rdilar.

Ijtimoiy hamkorlik doirasida Filologiya fakulteti Rus filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Farg‘ona shahar “Sohibqiron Temur” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va faollari bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular bilan she’riyat kechalari, uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, universitet talabalari Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “D’COTTON” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishmoqda. Bu esa ularning nafaqat ishlab chiqarish bilan tanishishiga, balki haqiqiy mehnat sharoitida tajriba orttirishiga ham xizmat qilmoqda.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar talabalarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish va ta’til davrida foydali faoliyatlar bilan band qilishga qaratilgan.