Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 351
  • Ko`rib chiqilganlar 317
    • Takliflar 50
    • Arizalar 264
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: BANDLIK VA TASHABBUSGA YO’L

16:32, 12.07.2025      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bitiruvchi yoshlarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, ish bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Farg‘ona shahar hokimligi majlislar zalida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari hamda amaldagi talabalari ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi. Tadbirda shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, yangi ishchi o‘rinlarining yaratilishi, ishga joylashish tartibi va shartlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan yig‘ilishda ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ularning bandlik, kasbiy yo‘naltirish, startap loyihalarni moliyalashtirish va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha bergan savollariga tegishli soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

Uchrashuv yoshlar va rahbarlar o‘rtasida bevosita muloqot uchun ochiq maydon bo‘lib xizmat qildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarga o‘z kelajagini ongli ravishda belgilash, kasbiy jihatdan yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi yo‘lida muhim bosqich hisoblanadi.

Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati ushbu jarayonlarda faol ishtirok etayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish bo‘yicha amaliy choralarni davom ettirmoqda.