Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 351
  • Ko`rib chiqilganlar 317
    • Takliflar 50
    • Arizalar 264
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ABITURIYENTLAR SINOV MAYDONIDA!

11:26, 14.07.2025      

Yoshlar hayotidagi eng muhim va mas’uliyatli bosqichlardan biri – bu oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonidir. Har yili yoz oylarida o‘tkaziladigan test sinovlari nafaqat bilim va tayyorgarlik mezoni, balki yillar davomida mehnat qilib orzu qilingan kelajak sari tashlanadigan birinchi mustaqil qadamdir.

Bu imtihonlar orqali abituriyentlar o‘z intellektual salohiyatini namoyon etish, tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilim darajasini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bois test sinovlari adolat, shaffoflik va teng imkoniyatlar tamoyili asosida o‘tkazilishi juda muhim.

2025/2026-o‘quv yili uchun Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlari butun mamlakat bo‘ylab boshlangan bo‘lib, ular yuqori tashkiliy darajada tashkil etilmoqda.

Test sinovlari har kuni ikki smenada o‘tkazilmoqda:

1-smena: 08:00 – 11:00

2-smena: 15:00 – 18:00

Farg‘ona viloyatida testlar quyidagi hududlarda o‘tkazilmoqda:

Farg‘ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi

Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasi

Ushbu joylarda abituriyentlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi: salqin kutish zonalari, tibbiy xizmat, suv ta’minoti, yo‘l-yo‘riq beruvchi stendlar va ko‘makchilar ishtirokida test jarayoni muvofiqlashtirilib bormoqda. Farg’ona davlat universitetida tomonidan har bir test maydoniga mas’ul xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ular tartib, xavfsizlik va muammosiz o‘tish uchun faol ishlamoqda.