Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 351
  • Ko`rib chiqilganlar 317
    • Takliflar 50
    • Arizalar 264
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

IJODIY IMTIHONLAR: YOSH ISTE’DODLAR SINOVDAN O’TKAZILMOQDA

14:28, 14.07.2025      

Farg‘ona davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlar orasida ijodiy (kasbiy) imtihonlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Ayniqsa, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishiga hujjat topshirgan yosh iste’dod egalari o‘zlarining badiiy qarashlari, musavvirlik mahoratlari va ijodiy salohiyatlarini amaliy ishlar orqali namoyon etishmoqda.

Imtihonlar yuqori saviyada, barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etilgan. Ijodiy ishlarni baholashda adolat, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilinmoqda. Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus yoritilgan auditoriyalar, zarur jihozlar, rangli vositalar bilan to‘liq ta’minlangan.

Nomzodlar ijodiy topshiriqlarni bajarar ekan, o‘zlarining dunyoqarashi, tasviriy tafakkuri va kompozitsion yechimlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Imtihonlar nafaqat saralash jarayoni, balki yoshlarning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan intilishi, kasbga bo‘lgan ishtiyoqi va badiiy-estetik didini aniqlashga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan imtihon natijalari asosida har bir ishtirokchining ijodiy darajasi puxta tahlil qilinmoqda. Tanlov jarayonlarida ijodkorlik, g‘oyaviylik, kompozitsion yechim va texnik uslubga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu jarayon nafaqat imtihon, balki san’at va mahorat namoyishi bo‘lib, universitet devorlarida yosh rassomlarning qalbini aks ettiruvchi rang-barang tasvirlar, go‘zal tabiat manzaralari, inson obrazlari jonlanmoqda.