Farg‘ona davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni belgilangan tartib asosida yuqori saviyada davom etmoqda.
Farg‘ona viloyatida test sinovlari uchun ajratilgan rasmiy markazlardan biri sifatida Farg‘ona davlat universiteti test punktlari barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan. Binolar abituriyentlar uchun qulay va xavfsiz holda jihozlangan bo‘lib, test topshiruvchilarning tinch va osoyishta muhitda o‘z bilimlarini namoyon etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Test sinovlarining ochiqligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Xususan,
Sinov kunlari davomida abituriyentlarning ruhiy holatini yengillashtirish, ularning testga tayyor holatda kirishlari uchun:
Maxsus ma’lumot burchaklari tashkil etilgan;
Tibbiy yordam punktlari faoliyat yuritmoqda;
Shuningdek, ota-onalar uchun ajratilgan kutish joylari zarur infratuzilma bilan ta’minlangan bo‘lib, ular uchun test jarayonidagi yangiliklar muntazam tarzda yetkazib borilmoqda.
Test markazi hududida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida:
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jalb qilingan,
Videokuzatuv tizimlari orqali jarayon doimiy nazorat ostida olib borilmoqda,
Abituriyentlarning testga kirishidan tortib, yakuniga qadar bo‘lgan har bir bosqichda tartib va nazorat qat’iy ta’minlanmoqda.
Farg‘ona davlat universitetida olib borilayotgan bu kabi tizimli va mas’uliyatli yondashuvlar natijasida abituriyentlar o‘z bilimini xolis baholanishiga, ota-onalar esa farzandlari uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqda.
Shu tarzda, oliy ta’lim sari olib boruvchi ilk qadam – test sinovlari shaffoflik, adolat va tartib tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.