Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 357
  • Ko`rib chiqilganlar 322
    • Takliflar 50
    • Arizalar 270
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

HUQUQIY BILIMLAR SINOVDAN O’TKAZILDI

15:54, 15.07.2025      

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Farg‘ona davlat universiteti hamkorligida universitetda “Mehnat huquqi bilimdoni” nomli ko‘rik-tanlov muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar, pedagoglar va universitet xodimlari o‘rtasida mehnat qonunchiligi, huquqiy bilimlar va kasaba uyushmalari faoliyatiga oid tushunchalarni chuqurlashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlov davomida ishtirokchilar:

- Mehnat kodeksi;

- Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunlar;

- Ish joyidagi mehnat munosabatlari va himoya mexanizmlari yuzasidan berilgan test savollari va amaliy topshiriqlarni bajardilar.

Ushbu tanlov nafaqat bilimlarni baholash, balki universitet jamoasi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, xodim va talabalarni o‘z mehnat huquqlarini anglashga undash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar faxrli o‘rinlarni egalladilar:

1-o‘rin — Turdaliyev Olimjon, Filologiya fakulteti o‘qituvchisi;

2-o‘rin — Soibova Dilorom, Tarix fakulteti, Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabasi;

3-o‘rin — Mirboboyeva Dilshoda, Tarix fakulteti, Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabasi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ularning chiqishlari yuqori bilim saviyasi va mas’uliyatli yondashuvlari bilan ajralib turdi.

“Mehnat huquqi bilimdoni” tanlovi — bu universitet miqyosida o‘tkazilayotgan faqat navbatdagi tadbir emas, balki yoshlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan amaliy o‘quv platformasidir.