Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 357
  • Ko`rib chiqilganlar 322
    • Takliflar 50
    • Arizalar 270
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

BIZNING TALABA “KITOBLARARO 80 KUN” MARAFONI G’OLIBI!

16:18, 16.07.2025      

Yosh avlodni kitobsevarlikka chorlash, ularning tafakkurini kengaytirish hamda ma’naviy yuksalishiga hissa qo‘shish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Kitoblararo 80 kun” nomli ma’rifiy marafon o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu marafon to‘rt bosqichda o‘tkazilib, har bir bosqich qatnashchilarning bilim darajasi, kitobxonlik saviyasi va tafakkur salohiyatini namoyon etgan sinov maydoniga aylandi. Yakuniy final bosqichida esa eng kuchlilar kuch sinashdi.

Faxr bilan aytishimiz mumkinki, Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Xolmatjonova Komila marafonning final bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Uning marafon davomida ko‘rsatgan bilimdonligi, kitoblar bilan ishlash madaniyati va tahliliy fikrlash qobiliyati hakamlar hay’ati tomonidan yuksak baholandi. Bu g‘alaba nafaqat Komila uchun, balki Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun ham katta g‘ururdir.

Marafon yakunida g‘olib va sovrindorlar tanlov nizomida ko‘rsatilgan pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Kitob – bilim kaliti, tafakkur quvvati!” degan ezgu shior ostida o‘tgan ushbu marafon, ishtirokchilar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamladi.