Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 357
  • Ko`rib chiqilganlar 322
    • Takliflar 50
    • Arizalar 270
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

BITIRUVCHILAR UCHUN MOTIVATSION UCHRASHUV

16:25, 16.07.2025      

Farg‘ona Davlat Universiteti Talabalar amaliyoti bo‘limi hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Rishton tumanidagi “Cambridge Innovation School” nodavlat ta’lim tashkilotiga amalga oshirilgan tashrif — yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Tashrif doirasida maktab bitiruvchilari bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar Farg‘ona Davlat Universitetida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorliklar, xorijiy tillar o‘qitilishi va eng muhimi, talabalarga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berishdi.

Bitiruvchilar, o‘z navbatida, oliy ta’lim olamiga ilk qadam qo‘yishga tayyorlanayotgan bir paytda, Farg‘ona Davlat Universiteti ularning ko‘z o‘ngida chinakam ilm maskani sifatida namoyon bo‘ldi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – maktab bitiruvchilarini O‘zbekistonning yetakchi oliygohlaridan biri bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasb tanlashiga ko‘maklashish, kelajakda qanday imkoniyatlar kutayotganini amalda ko‘rsatish edi. Uchrashuv davomida:

Ingliz tili va boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ta’lim jarayonlari;

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari;

Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar, tanlovlar va chet elda tahsil olish imkoniyatlari haqida to‘liq axborot berildi.

Tashrif davomida o‘tkazilgan motivatsion suhbatlar, real talabalik hayoti va ilmiy izlanishlar haqida hikoyalar bitiruvchilarga katta ta’sir qoldirdi. Ular Farg‘ona Davlat Universitetining ilmiy muhitini, ijtimoiy hayotini va ochiq imkoniyatlarga boy platformasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlaridek his etdilar.

Bunday tashriflar nafaqat bitiruvchilar uchun, balki maktab jamoasi va universitet o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, metodik tajriba almashish nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega.