Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 357
  • Ko`rib chiqilganlar 322
    • Takliflar 50
    • Arizalar 270
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

KARIYERANGIZNI BUGUNDAN BOSHLANG!

16:31, 16.07.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida muhim tashabbus – “Karyera kuni” doirasidagi yana bir muhim tashabbus – “KARIYERANGIZNI BUGUNDAN BOSHLANG!” shiori ostida biznes marafoni o‘tkazildi. Bu tadbir nafaqat bitiruvchilar, balki faol, o‘z yo‘lini izlayotgan har bir yosh uchun yangi ufqlar, kelajak sari dadil qadam tashlash imkonini berdi.

Mazkur uchrashuvning asosiy yo‘nalishi – bitiruvchilarga ishga joylashishda amaliy ko‘mak berish, ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga tayyorlash va tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish edi. Bugungi kunda faqat diplom emas, balki amaliy ko‘nikma, tashabbuskorlik va o‘z g‘oyasiga ega bo‘lish yoshlarga barqaror kelajakni kafolatlaydi. Shu bois universitet ushbu tadbir orqali yoshlarni hayotga yanada puxta tayyorlashga intilmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarori – “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjatning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Qaror yuzasidan A. G‘ofurov tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Bitiruvchilarga quyidagi yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlar ochilgani ta’kidlandi:

Oliy ta’lim muassasalarining ishga joylashtirish bo‘yicha mas’uliyati kuchaygani;

Bitiruvchilar uchun mahalliy hokimliklar, korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik asosida bandlik kafolatlarining yaratilgani;

Kasbiytayyorgarlikni kuchaytirishga doir yangi mexanizmlarning yo‘lga qo‘yilgani.

Bu esa yoshlarda davlat tomonidan ularning kelajagiga qaratilgan g‘amxo‘rlikni yanada chuqur his qilishga xizmat qildi.

Marafonda turli yo‘nalishlardagi innovatsion g‘oyalar taqdim etildi. Ular orasida axborot texnologiyalari, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohasi va ijtimoiy tadbirkorlikka oid loyihalar alohida e’tiborni tortdi.

Yoshlarga banklar, biznes inkubatorlar va tajribali tadbirkorlar tomonidan grant olish, kredit resurslari va davlat dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Farg‘ona davlat universiteti bu borada nafaqat ta’lim muassasasi, balki karyera yo‘lidagi yo‘lchi yulduz, tadbirkorlik ruhini shakllantiruvchi maktab vazifasini bajarmoqda.