Yurtimizda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Beshta muhim tashabbus” asosida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” mamlakatimizda katta qamrov va qiziqish bilan o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqalarning Farg‘ona viloyati bosqichida universitetimiz vakillari faxrli ishtirokni ta’minladi. Filologiya fakultetining rus tili metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi V.G. Gimadetdinova ushbu musobaqada faol ishtirok etib, raqobatlarga boy bellashuvlar natijasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur sport musobaqasi Farg‘ona viloyatining turli tuman va shaharlaridan yig‘ilgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilib, musobaqa davomida ishtirokchilarning sportga bo‘lgan jiddiy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol ko‘zga tashlandi. V.G. Gimadetdinova nafaqat sport texnikasi, balki irodasi, tezkor fikrlashi va professional yondashuvi bilan endilikda, Nukusda bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida universitetimiz, qolaversa, viloyat sha’nini himoya qiladi.