Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 357
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 270
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDUDA TEST SINOVLARI DAVOM ETMOQDA: 4-KUN

16:03, 17.07.2025      

Yurtimizda 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda. Bu jarayon minglab abituriyentlarning orzulariga qanot bag‘ishlaydigan mas’uliyatli pallalardan biri bo‘lib, uning adolatli, shaffof va yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash borasida davlatimiz tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda Farg‘ona viloyatining 6 ta hududida test sinovlari tashkil etilgan bo‘lib, ular ikki smenada — ertalab soat 8:00 va kechki 15:00 da boshlanmoqda. Ushbu tartib abituriyentlarning xavfsizligi, sog‘lig‘i va qulayligi inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.

Mazkur muhim jarayonlarda Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Universitet rahbariyati va xodimlari tomonidan test jarayonining texnik va tashkiliy jihatlari puxta nazorat qilinib, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Universitet hududida test topshirayotgan abituriyentlar uchun kutish joylari, suv va tibbiy xizmatlar, axborot stendlari hamda yo‘nalish ko‘rsatkichlari bilan ta’minlangan qulay infratuzilma shakllantirilgan.

Shuningdek, ota-onalar uchun alohida soyabonli kutish maskanlari, ichimlik suvi, tez tibbiy yordam xizmatlari va ma’lumot beruvchi ko‘ngillilar guruhi safarbar qilingan.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi bu jarayonda nafaqat mezbonlik, balki mas’uliyatli hamkor sifatida qatnashib, yoshlar kelajagiga daxldor bu jarayonning adolatli va muammosiz o‘tishiga hissa qo‘shmoqda.