Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 357
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 270
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

IMOM AL-BUXORIYGA BAG’ISHLANGAN MA’RIFIY TADBIR

16:05, 17.07.2025      

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida buyuk muhaddis, islom olamining faxri — Imom al-Buxoriy tavalludining 1215 yilligi munosabati bilan “Islom olamining yirik mutafakkiri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, Farg‘ona shahri mahalla yoshlari yetakchilari, faol kitobxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida universitet vakillari tomonidan Imom al-Buxoriy hayoti, uning bebaho ilmiy merosi va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida chuqur ma’lumotlar berildi. Xususan, al-Buxoriy tomonidan yaratilgan “Al-Jome’ as-Sahih” hadislar to‘plami — nafaqat islom dunyosida, balki jahon ilm-fan tarixida yuksak baholanishi alohida ta’kidlandi.

“Imom al-Buxoriy — ilmga sadoqat, haqiqatga intilish va halollik timsoli bo‘lgan buyuk allomadir. Uning asarlari ming yilliklar davomida insoniyat ma’naviyatini boyitib kelmoqda,” — deya ta’kidlashdi tadbir ishtirokchilari.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarda tarixiy merosga hurmat, ilmga intilish va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashi shubhasiz.