Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 357
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 270
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XUSHXABAR

16:24, 17.07.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Tursunov Ozodbek Badalovich ilm-fan yo‘lida yana bir muhim marrani zabt etdi.

U 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlagan “O‘zbekiston transport xizmatlari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqot ishi O‘zbekistonda transport xizmatlari sohasidagi boshqaruv tizimini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish bilan ahamiyatlidir.

Dissertatsiya nafaqat ilmiy asoslangan, balki amaliyotga yaqin echimlar va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, u transport sohasida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.