Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

UNIVERSITET VA MAKTAB HAMKORLIGI

15:19, 19.07.2025      

“Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida Farg‘ona Davlat Universiteti Tarix fakulteti tomonidan yoshlar bilan mazmunli muloqot va o‘zaro hamkorlik ruhida yana bir muhim tadbir tashkil etildi.

Fakultet Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda 40-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun bilim va motivatsiyaga boy uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari uchun “Farg‘ona vodiysi arxeologik yodgorliklari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida:

O‘quvchilarga Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixi,

Arxeologik yodgorliklarning ilmiy va madaniy ahamiyati,

Tarixiy merosni asrashga bo‘lgan mas’uliyat haqida batafsil tushunchalar berildi.

Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarni tarixiy ong va milliy o‘zlikni chuqur anglashga chorlovchi muloqotlar orqali ruhlantirdilar. Uchrashuv o’quvchilar onggida zamonaviy ko‘nikmalarga yo‘l ochildi

Tadbir doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida:

Kompyuter savodxonligi bo‘yicha mini-treninglar,

Rasm chizish bo‘yicha motivatsion mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bu faoliyatlar orqali maktab o‘quvchilari nafaqat zamonaviy ko‘nikmalar, balki o‘z salohiyatini namoyon etish, ijodkorlik va erkin fikrlash borasida ham muhim qadamlar qo‘ydilar.

Farg‘ona Davlat Universitetining Tarix fakulteti tomonidan amalga oshirilgan ushbu tashabbus yosh avlodni ilmga, ijodga va o‘z tarixiga hurmat bilan qarashga yo‘naltiruvchi amaliy qadam bo‘ldi.

“Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi bu kabi uchrashuvlar nafaqat bilim almashish, balki o‘quvchilarni kelajak kasbiga yo‘naltirish va motivatsiya berish uchun muhim platformaga aylanmoqda.