Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

TEST IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA: 6 - KUN

15:22, 19.07.2025      

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari joriy yilning yozgi mavsumida ham o‘zining yuqori darajada tashkil etilishi bilan davom etmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyatining 6 ta hududida test sinovlari muvofiqlashtirilgan holda o‘tkazilmoqda. Imtihonlar har kuni ikki smenada — ertalab soat 08:00 da va kechki 15:00 da boshlanmoqda.

Bu jarayonlarda Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Universitet vakillari tomonidan:

Abituriyentlar uchun test hududlariga yo‘naltirish va maslahatlar

Ota-onalar uchun qulay kutish sharoitlarini yaratish

Imtihonlarning tartibli, xolis va shaffof o‘tishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda

Farg’ona davlat universiteti jamoasi tomonidan yaratilgan imkoniyatlar tufayli abituriyentlar o‘z bilimlarini xotirjam muhitda sinab ko‘rishmoqda. Imtihon jarayonining adolatli, xavfsiz va tashkiliy jihatdan puxta o‘tishi har bir ishtirokchining huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda.

Test sinovlari davomida Farg'ona davlat universiteti jamoasi tomonidan vaziyat monitoringi, abituriyentlar bilan muloqot, ijtimoiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari ham olib borilmoqda.

“Qabul-2025” — bu nafaqat imtihon, balki orzular sari yo‘l! Farg‘ona davlat universiteti esa bu yo‘lda har bir yoshga ko‘makchi bo‘lmoqda.