Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

XALQARO INTEGRATSIYA

15:40, 07.08.2025      

Farg‘ona davlat universiteti Agrar qo‘shma fakulteti professor-o‘qituvchilari Qirg‘iziston Respublikasining Batkent davlat universitetida ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.

Targ‘ibot uchrashuvlari davomida Farg’ona davlat universiteti Batkent universitetining talabalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ular uchun universitetda yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining sifati hamda xalqaro hamkorlik doiralari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.

Qiziqish bildirgan bir qator yoshlar Farg‘ona davlat universitetida ta’lim olish istagini bildirib, o‘qishga qabul tartibi va imkoniyatlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida sifatli ta’lim targ‘ibotini kuchaytirish va mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.