Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YUKSAK E’TIROF

09:34, 25.08.2025      

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.

Ushbu farmon yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yosh avlod tarbiyasi yoʼlida sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning xizmatlariga berilgan beqiyos eʼtirof boʼlib, ularning saʼy-harakatlariga yanada kuch-quvvat bagʼishlaydi.

Mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshib kelayotgan ziyolilar qatorida universitetimiz vakili ham ushbu yuksak e’tirofga sazovor boʼldi.

II darajali «Sogʼlom avlod uchun» ordeni bilan Suyarkulov Sherali Rustambekovich – Fargʼona davlat universiteti aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor oʼsimliklar kafedrasi katta oʼqituvchisi taqdirlandi.

Suyarkulov Sherali Rustambekovich uzoq yillar mobaynida taʼlim sohasida oʼzining samarali mehnati, ilmiy izlanishlari va amaliy faoliyati bilan universitetimiz nufuzini oshirib kelmoqda. Ustozning aholi tomorqalaridan oqilona va samarali foydalanish hamda dorivor oʼsimliklar yetishtirish yoʼnalishidagi izlanishlari nafaqat ilm-fan, balki jamiyat taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu yuksak davlat mukofoti – ustozimiz Sherali Suyarkulovning ilmiy va pedagogik faoliyatdagi yuksak masʼuliyati, sohaga qoʼshgan beqiyos hissasi va yoshlar tarbiyasidagi fidoyiligining amaliy ifodasi sifatida qadrlandi.