Fargʼona davlat universiteti talabalari sport sohasida ham yuksak natijalarga erishib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar.
Universitetning Sport faoliyati fakulteti, koʼpkurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti, yengil atletika sport turi boʼyicha sport ustasi Ilyos Niyozov rahbarligida mashgʼulot olib borayotgan talabalar orasida koʼplab iqtidorli sportchilar yetishib chiqmoqda.
Xususan, Qozogʼistonda Olimpiya chempioni Kalpakova xotirasiga bagʼishlab oʼtkazilgan O‘rta Osiyo birinchiligida bizning talaba – Murodov Аsadbek ishtirok etib, yuksak natijani qayd etdi.
Аsadbek musobaqada nayza tashlash boʼyicha 71,06 metrlik natija koʼrsatib, kuchli raqiblar orasidan 3-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Bu yutuq Аsadbek uchun yangi marralarni ochib berdi. U nafaqat Oʼzbekiston Respublikasi sport ustasi meʼyorini bajardi, balki Oʼzbekiston Olimpiya terma jamoasi aʼzoligiga ham qabul qilindi.
Universitetimiz sharafini yuksak sport maydonlarida munosib himoya qilib kelayotgan yosh sportchimizni kelgusi xalqaro musobaqalarda bundanda ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishlariga ishonamiz.