Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

AGRAR QO’SHMA FAKULTETI: YANGI O’QUV YILIDA, YANGICHA QIYOFADA

12:01, 02.09.2025      

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida qator tashkiliy va amaliy ishlar olib borildi.

Bugun ta’lim maskanining Agrar qo‘shma fakultetida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv jarayonida o‘quv binolari, dars xonalari va laboratoriyalardagi sharoitlar, shuningdek, talabalar turar joylarida yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Fakultet hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlari izchil davom etayotgani e’tirof etildi.

Agrar qo‘shma fakulteti nafaqat ta’lim jarayonida, balki talabalarning ijtimoiy-ma’naviy hayotida ham muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan, o‘quv binolarida zamonaviy jihozlar, kutubxona fondi va kompyuter xonalari yangilanmoqda. Talabalar turar joylari esa yanada qulay va shinam bo‘lishi uchun maishiy texnika, sport anjomlari va internet tarmog‘i bilan to’liq ta’minlandi.

Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarimizni mustaqillik shukuhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishdir. Yaratilayotgan sharoitlar, obodonlik ishlari va bayramga tayyorgarlik tadbirlari nafaqat talabalarning samarali ta’lim olishiga, balki Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga xizmat qiladi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu shior ostida amalga oshirilayotgan tashabbuslar — universitet hayotidagi har bir o‘zgarish talabalarning kelajagi va mamlakatimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishiga ishonamiz.