Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ISTIQLOLNING 34 YILLIGI ARAFASIDA UNIVERSITET OLIMLARI SAFI KENGAYDI

09:52, 03.09.2025      

Mustaqillik — millatning eng ulugʼ qadriyati, eng aziz boyligi. Shu muborak ayyom arafasida Fargʼona davlat universitetida yangi oʼquv yilidagi Kengashning I-son yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilish avvalida Kengash raisi barcha professor-oʼqituvchilar va talabalarni Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami hamda yangi oʼquv yilining boshlanishi bilan qizgʼin muborakbod etdi. Mustaqillik tufayli mamlakatimizda erkin fikrlash, ilm-fan, taʼlim va tarbiya sohalarida keng imkoniyatlar eshiklari ochilganini alohida taʼkidladi.

Ushbu quvonchli kunda universitet jamoasi safida Davlat mukofotlariga sazovor boʼlgan hamda ilmiy daraja va unvonga erishgan, qariyb 35 nafar, jumladan:

  • -Professor ilmiy unvonini – 3 nafar;
  • -Dotsent ilmiy unvonini – 8 nafar;
  • -Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini – 1 nafar;
  • -Fan doktori (PhD) ilmiy darajasini – 22 nafar professor-oʼqituvchi va tadqiqotchi olimlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Oliygoh rahbari Bahodirjon Shermuhammadov taqdirlanganlarni samimiy tabriklab, ularning ilm yoʼlidagi fidokorona mehnatini eʼtirof yetdi:

“Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida jamoada olimlarimiz koʼpayib, ilmiy salohiyatning yuksalib borayotgani barchamiz uchun katta yutuqdir”, — dedi rektor oʼz nutqida.

Yigʼilishning navbatdagi qismida oliygoh faoliyatida samaradorlikni oshirish, taʼlim jarayonini yanada sifatli tashkil yetish hamda ilm-fan taraqqiyotiga qoʼshimcha turtki berishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan:

Universitet kengashi tarkibi,

Yillik ish rejasi va komissiyalarni tasdiqlash,

Yoʼriqnoma hujjatlar ijrosi,

Yangi oʼquv yilidagi asosiy yoʼnalishlar va navbatdagi vazifalar,

Oʼquv jarayoniga oid muhim hujjatlarni tasdiqlash,

Shuningdek, turli tashkiliy masalalar.

Fargʼona davlat universiteti jamoasi uchun bu yigʼilish nafaqat yangi oʼquv yilining boshlanishi, balki mustaqillik bayrami arafasida yerishilgan ilmiy yutuqlarning amaliy ifodasi boʼldi.

Ilm-fan taraqqiyoti, yoshlarning barkamol avlod boʼlib ulgʼayishi va taʼlim sifatining yuksalishi — bugungi kunning eng asosiy maqsadidir. Universitetda olib borilayotgan izchil ishlar esa shu yoʼldagi muhim qadamlardan biri sifatida eʼtirof etildi.