Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FAKULTET MUZEYI – ILM VA XOTIRA MASKANI

10:28, 03.09.2025      

Tabiiy fanlar fakulteti muzeyi – o‘z o‘tmishini qadrlagan, kelajakka ishonch bilan qarayotgan ilm maskanining timsolidir.

95 yillik tarixga ega bo‘lgan Farg‘ona davlat universitetida navbatdagi qutlug‘ tadbir bo‘lib o‘tdi. Oliy dargoh bilan tengdosh Tabiiy fanlar fakultetida zamonaviy muzey ish boshladi. Bu maskan nafaqat fakultetning shonli tarixini o‘zida mujassam etadi, balki yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy maktab vazifasini ham bajaradi.

Yangi tashkil etilgan muzeyda 1930-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrlar xronologik tartibda jamlangan. Unda fakultetning ilk bosqichlari, turli davrlarda faoliyat yuritgan olimlar, ilmiy maktablar, ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va bugungi kunga qadar erishilgan natijalar o‘z ifodasini topgan.

Muzeyning tantanali ochilish marosimida universitet rahbariyati, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda o‘quv dargohida faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir ishtirokchilari bu maskan yosh avlodni tarixiy xotira va ilmiy an’analar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbari o‘z nutqida fakultet muzeyi ochilishi nafaqat tarixiy merosni asrab-avaylash, balki uni yosh avlod ongiga singdirish yo‘lida muhim qadamlardan biri ekanini qayd etdi:

“Tarixni bilgan, o‘tmishdan saboq olgan avlodgina kelajakni bunyod etadi. Bu muzey – nafaqat fakultetimiz tarixi, balki butun universitetimiz taraqqiyotining yorqin ko‘zgusidir”, deya ta'kidladi.

Marosim doirasida universitet rahbariyati va faxriy mehmonlar ishtirokida press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida fakultetning yangidan jihozlangan auditoriyalari, laboratoriyalari va moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi. Bu esa, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish va talabalarning zamonaviy bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.