Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TALABALARNI YANGI MASKANLARIDA KUTIB OLISH

12:02, 03.09.2025      

2025–2026 o‘quv yili boshlanishi arafasida Farg‘ona davlat universitetida talabalarni turar joylariga joylashtirish jarayonlari boshlangan. Oliy dargoh ma’muriyati hamda mas’ul xodimlar tomonidan bu jarayon puxta tashkil etilib, talabalarga qulay va shinam yashash sharoitlari yaratib berilmoqda.

Yangi o‘quv yilini boshlayotgan talabalar turar joylarda iliq kutib olindi. Bu jarayon ularning nafaqat yashash, balki ta’lim olish va tarbiyaviy jarayonlarida ham qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasidir.

Turar joylarga joylashish:

  • -talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni shakllantirish;
  • -yangi tanishuvlar va ijodiy hamkorliklarga zamin yaratish;
  • -ta’lim jarayonini samarali olib boorish;
  • -bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu boisdan universitet ma’muriyati talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari ва ijodiy uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Universitet rahbariyati barcha talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, ularga o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Yoshlarning bilim olishlari, iqtidorlarini namoyon etishlari va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Talabalar turar joylariga joylashish jarayoni – talabalarning kelgusi yildagi ta’lim va tarbiyaviy faoliyatiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning asosiy maqsadi esa – ularni o‘zining oiladek samimiy muhitda his etishi ва bilim olishini yanada samarali tashkil etishdir.