Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“MUSTAQILLIK DARSI”: TARIXIY SABOQLAR VA MILLIY G’URUR YOHUD ISLOHOTLAR VA YOSHLAR KELAJAGI

15:22, 03.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida yangi o‘quv yili talabalikning ilk qadamlari ramzi bo‘lgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiridan so‘ng, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun katta ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etuvchi “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Mazkur darslar «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida tashkil etildi va unda talabalarga mustaqillik g‘oyasining mazmun-mohiyati, uni mustahkamlashdagi yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.

Professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi ma’ruzalar hamda samimiy suhbatlarda:

  • -Mustaqillikning tarixiy ahamiyati;
  • -Uni qo‘lga kiritish yo‘lida kurashgan ota-bobolarimizning orzu-umidlari;
  • -Mustaqillikning ilk yillarida duch kelingan sinov va qiyinchiliklar;
  • -O‘tgan 34 yil davomida mamlakatimizda qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning hayotimizdagi ijobiy samaralari ham alohida ta’kidlandi. Talabalarga mustaqillik nafaqat tarixiy voqelik, balki zamonaviy taraqqiyotimizning tayanchi ekanligi, uni asrab-avaylash har bir yoshning burchi ekani uqtirildi.

Farg‘ona davlat universitetida boshlangan “Mustaqillik darslari” yoshlar qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada kuchaytirib, ularning hayot yo‘lidagi ma’naviy dasturilamaliga aylanmoqda.