Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

YANGI O’QUV KURSI – XALQARO TAJRIBA ASOSIDA

15:24, 03.09.2025      

Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetida xalqaro tashabbus doirasida psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan “Kelajak uchun hissa” xayriya fondining yetakchi ilmiy xodimi, psixolog va emotsional intellektni rivojlantirish bo‘yicha treneri Richka Nina Evgenyevna ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida “Psixologiya” yo‘nalishi talabalari uchun tanlov fan sifatida kiritiladigan “Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi” kursining ishchi dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu kurs mazmuni dunyoning eng kuchli TOP-300 oliy ta’lim muassasalari amaliyotida qo‘llaniladigan o‘quv rejalar asosida shakllantirilmoqda.

Nina Evgenyevna kurs doirasidagi mavzularni tanlash, psixologik metodikalar, videoroliklar, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy adabiyotlarni saralash bo‘yicha o‘zining qimmatli tavsiyalarini berdi.

Uning ta’kidlashicha, yoshlarning emotsional-intellektual rivojlanishi, bolalar va o‘smirlar psixologiyasini chuqur o‘rganish bo‘lajak mutaxassislarning professional tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuv ishtirokchilari bunday xalqaro hamkorlik nafaqat yangi o‘quv kursini boyitishini, balki pedagogik jarayonni yanada samarali tashkil etish, ilmiy izlanishlarni kengaytirish va talabalarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Ushbu tashabbus fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun yangi imkoniyatlarni ochib, xalqaro tajriba asosida innovatsion ta’lim jarayonlarini yo‘lga qo‘yishga zamin yaratmoqda.