Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 429
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“QATAG’ON QURBONLARI” MUZEYIGA SAYOHAT

16:30, 04.09.2025      

Farg‘ona viloyatida yagona bo‘lgan “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi Farg‘ona davlat universiteti qoshida faoliyat yuritmoqda. Bu maskan tarix va zamon uyg‘unligini aks ettirib, siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti, faoliyati va ularning mardona kurashini o‘rganish hamda xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiluvchi qimmatli eksponatlar bilan boyitilgan.

Bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun jonini fido etgan ajdodlarimizni yod etar ekanmiz, ularning fidoyiligi xalqimizning sabr-toqat, iroda va mustaqillikka bo‘lgan cheksiz intilishining yorqin timsoli sifatida gavdalanadi.

Muzeyga oliy ta’lim muassasalari, maktablar va turli tashkilotlardan tashrif buyurayotgan yoshlar va hamyurtlarimiz eksponatlar orqali tarixning achchiq saboqlarini chuqur his etmoqda. Bu esa ularning qalbida bugungi hayotga shukronalik, ertangi kunimizga esa yanada mustahkam ishonch tuyg‘ularini uyg‘otmoqda.