Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi texnikumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda FarDU rektori Bahodir Shermuhammadov ishtirokida o‘quv jarayonlari va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
Quva tumanida joylashgan politeхnikumda IT yo‘nalishi bilan bir qatorda zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng qamrovli infratuzilma barpo etilmoqda. Yangi o‘quv binolari yoshlarning nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarini ham shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim muassasasida quyidagi yo‘nalishlar uchun sharoitlar yaratilmoqda:
Shuningdek, xorijiy tillarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitish bo‘yicha maxsus sinflar.
Sarvarxon Buzrukxonov mazkur tashrif davomida olib borilayotgan ishlarni batafsil o‘rganib, ta’lim sifatini oshirish, mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
Mazkur tashabbuslar yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, shuningdek, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar yetishtirishga xizmat qiladi.