Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 440
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 342
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

UNIVERSITETDA USTOZ- SHOGIRD AN’ANALARI ASOSIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

16:18, 05.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida Tabiiy fanlar, Sport faoliyati va Harbiy ta'lim fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Ustoz-shogird tizimi doirasida talabalar faoliyatini takomillashtirish yo‘llari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda ustoz va shogird o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning ilmiy izlanishlari, amaliy faoliyati hamda kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar ustoz-shogird tizimi nafaqat ta’lim jarayonida, balki talabalarning shaxsiy rivojlanishida ham katta o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Bu tizim orqali talabalar:

  • -ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etilishi;
  • -o‘z sohasi bo‘yicha tajriba orttirishi;
  • -mustaqil fikrlash va yangicha qarashlarni shakllantirish imkoniga ega bo‘lishi qayd etildi.

Muhokamalarda, talabalarning ilmiy loyihalarda faol ishtiroki,

sport va harbiy-amaliy mashg‘ulotlarda ustozlardan samarali tajriba olish mexanizmlari, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni respublika hamda xalqaro tanlovlarga tayyorlash masalalari keng yoritildi.

Seminar yakunida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro fikr almashib, kelgusida ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish va u orqali universitetda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.