Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 440
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 342
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

“QATAG’ON QURBONLARI” MUZEYIDA REKTOR MAHORAT DARSI

16:28, 05.09.2025      

Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi tarixiy xotira, sabr-toqat va mardlik timsoliga aylangan maskanlardan biridir. Bu yerda siyosiy qatag‘on davrida bebaho hayoti va orzularini Vatan mustaqilligi, xalq erkinligi yo‘lida qurbon qilgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiylashtirilgan. Muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlar o‘sha davrning og‘ir sinovlari, xalqimizning kurashchan ruhi va jasoratini yaqqol aks ettiradi.

Universitet rektori Bahodir Shermuhammedov talaba-yoshlar bilan birgalikda muzeyga tashrif buyurib, ular uchun mahorat darsi o‘tkazdi. Suhbat davomida u ajdodlarimizning ozodlik yo‘lidagi fidoyiligi, mustaqillik sari bo‘lgan qat’iy intilishi va sabr-bardoshi haqida so‘z yuritdi.

— “Bugungi tinch va farovon hayotimiz, erkin nafas olayotgan kunlarimiz ajdodlarimizning mardona kurashlari evaziga ta’minlangan. Biz ularning ibratini unutmasligimiz, yoshlarga yetkazishimiz kerak. Zero, ular biz uchun saboq va ruhiy tayanchdir,” — deya ta’kidladi rektor.

Muzey eksponatlari, hujjatlar va tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishgan talabalar o‘sha davrning og‘ir xotiralarini qalban his qildilar. Bu tashrif ularning ongida:

  • -bugungi hayotga shukronalik;
  • -ertangi kunimizga yanada ishonch;
  • -ajdodlarimizning fidoyiligidan saboq olish kabi tuyg‘ularni mustahkamladi.

“Qatag‘on qurbonlari” muzeyi nafaqat tarixiy faktlarni esga soladi, balki yoshlarda milliy g‘urur, mustaqillik qadriyatlariga sadoqat, Vatanga muhabbatni yanada kuchaytiradi. Rektor o‘tkazgan mahorat darsi esa talabalarning tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.