Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 440
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 342
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO’YICHA REKTOR MASLAHATCHISINING BIRINCHI BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUVI

16:49, 05.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida Pedagogika - psixologiya va san’atshunoslik yo‘nalishifakultetining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar bilan rektor maslahatchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul M. Kamolova uchrashuv o’tkizdi.

Mazkur uchrashuvda universitet ichki tartib-qoidalari, talabalik burch va majburiyatlari hamda odob-axloq kodeksi bilan tanishtirildi hamda ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilish nafaqat universitet nufuzini, balki har bir talabaning shaxsiy obro‘sini ham belgilab berishi to’g’risida ta’kidlab o’tildi.

Talabalarga ta’lim jarayonidagi intizomiy qoidalar, darslarda qatnashish va mustaqil ta’limni samarali tashkil etish zarurligi tushuntirildi.

Universitet hududida odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, bir-biriga hurmat bilan muomala qilish, kiyinish madaniyatiga e’tibor qaratish borasida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar va ijtimoiy loyihalarda faol qatnashishning ahamiyati alohida qayd etildi.

Uchrashuvda faol ishtirok etgan talabalar berilgan ma’lumotlardan mamnun bo‘lib, ular uchun bu suhbat universitet hayotiga kirib kelishning dastlabki qadami sifatida muhim bo‘ldi.