Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 446
  • Ko`rib chiqilganlar 411
    • Takliflar 57
    • Arizalar 346
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

IMKONIYATLARDAN KENG FOYDALANILMOQDA

12:04, 16.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakulteti talabalari ta’lim sifatini oshirish va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Axborot-resurs markazi (ARM) imkoniyatlaridan faol foydalanmoqda.

Xususan, birinchi bosqich talabalari o‘zlariga biriktirilgan shaxsiy ID kartalari orqali markazga a’zo bo‘lib, tasdiqlangan o‘quv reja va dars jadvaliga muvofiq tarzda darsdan keyingi mustaqil tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

ARMda mavjud elektron va bosma adabiyotlar, zamonaviy axborot resurslari, ixtisoslashgan darslik va qo‘llanmalar bilan ishlash orqali talabalar o‘z bilim doiralarini kengaytirmoqda. Bu esa nafaqat ularning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, balki mustaqil fikrlash, analitik yondashuv va tezkor axborot topish ko‘nikmalarini ham shakllantirmoqda.

Ushbu tashabbus harbiy ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan yoshlarda mas’uliyat va intiluvchanlikni oshirib, zamonaviy harbiy bilimlar va texnologiyalar bilan mustahkam bilim asosida tanishishlariga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati ARM faoliyatini yanada takomillashtirish, undagi resurslarni boyitish va talabalar uchun qulay o‘quv muhitini yaratish borasida doimiy e’tibor qaratmoqda.