Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 446
  • Ko`rib chiqilganlar 411
    • Takliflar 57
    • Arizalar 346
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

XALQARO MEMORAMDUM IMZOLANDI

12:00, 17.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetida xalqaro hamkorlik doirasida yana bir muhim qadam qo‘yildi. Qozog‘iston Respublikasining “IOKA TRAVEL” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, xususan:

  • -turizm sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish;
  • -turizmni raqamlashtirish yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni tatbiq etish;

hamda talabalar uchun amaliyot va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Imzolash marosimida “IOKA TRAVEL” kompaniyasi direktori Mag‘jan Jumashev hamda Farg‘ona davlat universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Azizaxon Bazarbayeva ishtirok etdilar.

Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, yoshlar salohiyatini oshirish, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Shuningdek, hamkorlik doirasida Farg‘ona davlat universitetida “Ideathon” — g‘oyalar turniri markazi ochildi.

Universitet yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, startap ekotizimini rivojlantirish va ularni zamonaviy bilimlarga yo‘naltirishga qaratilgan navbatdagi muhim tashabbus — “Ideathon” markazi ochildi.

Mazkur loyiha “Inkubatsiya va Akseleratsiya markazi” hamda IOKA TRAVEL kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Markazning faoliyati universitetning IT markazi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilib, talabalarga o‘z g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

“Ideathon” — bu nafaqat g‘oyalar bellashuvi, balki talabalarning innovatsion fikrlashi, jamoada ishlash ko‘nikmalari va kasbiy salohiyatini shakllantirish uchun qulay muhitdir. Markaz orqali yoshlar startap loyihalar yaratish, ularni bozorda muvaffaqiyatli ilgari surish, investitsiyalar jalb etish va texnologik bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Loyihaning asosiy maqsadi — talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oyalarini real loyihalarga aylantirishga ko‘maklashish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga mustahkam poydevor yaratishdan iboratdir.

Tashabbus doirasida muntazam ravishda mahorat darslari, treninglar, mentorlik sessiyalari va innovatsion tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur memorandum hamda loyihalar universitetning xalqaro aloqalar tarmog‘ini yanada kengaytirib, ta’lim va turizm sohalarida yangi imkoniyatlar ochishiga ishonamiz.