Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi O‘zbekiston–Xitoy arxeologiya qo‘shma kafedrasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Hami shahrida o‘tkazilgan yirik xalqaro ilmiy tadbirda ishtirok etdilar.
Delegatsiya “To‘rt davlat arxeologlarining uchinchi sammiti” doirasida bo‘lib o‘tgan muhim voqealardan biri — Shimoli-g‘arbiy universitetning Buyuk Ipak yo‘li hamkorlikdagi tadqiqot markazi va Hami shahar hokimiyati bilan hamkorlikdagi Ilmiy tadqiqot markazining Hami bo‘limi ochilish marosimida qatnashdilar.
Ushbu ilmiy hamkorlik tadbiri qadimiy sivilizatsiyalar o‘rtasidagi tarixiy va madaniy bog‘liqlikni chuqur o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi arxeologik tadqiqotlarni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Sammit doirasida o‘zaro tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalarni muhokama qilish, ilmiy maktablar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasining ushbu tashrifi ikki tomonlama ilmiy aloqalarning mustahkamlanishiga, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘li tarixiy merosini chuqur o‘rganishda yangi istiqbollar ochilishiga xizmat qilishiga ishonamiz.